Kunningam g'o'zasi




Kunningam gʻoʻzasi (Gossypium Cunninghamii Tod.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Italyan olimi A. Todaro taʼriflab bergan (1887). Avstraliyaning shim.gʻarb sohillarida tarqalgan. K.gʻ. —tik oʻsadigan, boʻyi 3–4 m li yalangʻoch buta. Barglari tuxumsimon-uzunchoq, butun, barg bandi kalta. Bargining pastki tomonidagi markaziy tomirlarida bitta toʻq yashil shira bezi bor. Gulyonbarglari mayda, gullari oʻrtacha kattalikda, gul bandlari uzun. Gulbargi toʻq qizil, asosida toʻq qizil dogʻlari bor. Kosachasi yirik, qora tomirli va 5 tadan uzun tishli. Gulyonbarglari nashtarsimon, guldan tashqariga qayrilgan. Koʻsaqlari mayda, 3 chanoqli, tuxumsimon, uchi oʻtkir, sirti silliq, qora smolali bezchalar bilan qoplangan. Chigitlari mayda, choʻzinchoq. Biologik xususiyatlari oʻrganilmagan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz