Kunlun Red Star
Kunlun Red Star — 2016—2017-yilgi mavsumdan oldin Kontinental xokkey liga (KHL) safiga qoʻshilgan Xitoy xokkey klubi.
Tarixi
2016-yilning mart oyida „Kunlun Red Star“ va KHL vakillari Xitoyda joylashgan jamoani Kontinental xokkey ligasi (KHL) ga kiritish niyatida bayonnoma imzoladilar. Bayonnomani Rossiya xokkey federatsiyasi vakili Vladislav Tretiak, Kontinental xokkey ligasi (KHL) raisi Gennady Timchenko va „Kunlun Red Star“ xokkey klubi boshqaruv vakillari imzolashdi. Aprel oyi oʻrtalarida IIHF prezidenti Rene Fasel Xitoy klubining Kontinental xokkey ligasi (KHL) ga qoʻshilish niyati haqida oʻz fikri bilan oʻrtoqlashdi va bu Xitoyga xokkeyni yuqori darajaga olib chiqishga yordam berishiga umid bildirishini aytdi.
„Kunlun Red Star“ xokkey klubi KHLga qoʻshilish uchun 2016-yilning 30-apreligacha shartnomadagi iqtisodiy shartlarini bajarishi kerak edi. Roman Rotenbergning soʻzlariga koʻra, „Kunlun Red Star“ klubi oʻz majburiyatlarini bajarish uchun ariza bergan, ammo 2016-yilning iyunigacha qabul qilinishi kerak boʻlgan jamoa haqidagi yakuniy qaror uchun bir qator rasmiyatchiliklar mavjud edi. May oyi boshida KHL prezidenti Dmitry Chernyshenko „Kunlun Red Star“ xokkey klubining ligaga qoʻshilishi haqida: „Klub shartnoma boʻyicha barcha hujjatlarni, klub tuzilishini, moliyani taqdim etdi va ularda ligaga kirishga ruxsat bor.“ — dedi.
2016-yilning 25-iyunida KHL direktorlar kengashi „Kunlun Red Star“ xokkey klubining arizasini rasman qabul qilgani va ular KHLning 2016—2017-yilgi mavsumida ishtirok etishlari haqida eʼlon qildi. Pekinda boʻlib oʻtgan eʼlon qilish tadbirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning xitoylik hamkasbi Xi Jingping ishtirok etdi.
„Kunlun Red Star“ xokkey klubining uy oʻyinlari Pekindagi LeSports markazida va Shanxaydagi Sports pavilionida oʻtkazilishi belgilandi. „Kunlun Red Star“ xokkey klubining barcha oʻyinchilar oʻyin oldidan Xitoy Xalq Respublikasining davlat madhiyasi boʻlgan „March of the Volunteers“ (tarjimasi: „Koʻngillilar marshi“) ni aytishlari shart hisoblanadi. „Kunlun Red Star“ xokkey klubining koʻpgina xitoylik oʻyinchilar Xitoy Xalq ozodlik armiyasining ofitserlaridir.
Keyinchalik, „Kunlun Red Star“ xokkey klubiga Ilya Kovalchukning jamoaga xokkeychi sifatida qoʻshilishi va Mike Keenan birinchi bosh murabbiy boʻlishi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo ikkala xabar ham yolgʻonligi e;lon qilindi. Shundan soʻng, „Kunlun Red Star“ xokkey klubining birinchi bosh murabbiyi Vladimir Yurzinov etib tayoinlandi.
Muntazam mavsum natijalari
Oʻyinchilar
Joriy roʻyxat
2022-yil 14-iyun holatiga koʻra[12];
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org