Kunjutlitepa




Kunjutlitepa — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: XVIII asr. Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida joylashgan. Obyekt manzili: “Darxon” MFY. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan.

Zarar yetkazilishi



Oʻz. Res. Bosh prokuratura maʼlum qilishicha, Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani, Darxon mahallasida yashovchi R.O. ismli shaxs arxeologiya yodgorligini buzib tashlagani uchun qamoqqa olingan. Ushbu shaxs mas’ul idoralar uni bir necha bor ogohlantirganiga qaramasdan, hududda joylashgan Kunjutlitepa arxeologiya yodgorligini buzib tashlagan va undan chiqqan tuproqni sotib yuborgan. Uning ushbu qilmishi oqibatida madaniy meros obyektiga 47,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Ushbu holat boʻyicha Yakkabog‘ tumani prokuraturasi tomonidan 2022-yil 15-avgust kuni Jinoyat kodeksining 132-moddasi 3-qismi (Moddiy madaniy meros obektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va sud qarori bilan fuqaro R.O. qamoqqa olingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz