Kunjarani Devi




Nameirakpam Kunjarani Devi (1966-yil 1-martda tugʻilgan) — ogʻir atletika boʻyicha eng koʻp medal olgan hind sportchisi hisoblanadi.

Hayot faoliyati



Devi 1968-yil 1 martda Imphaldagi Kairang Mayai Leikai shahrida hindu Meitei oilasida tugʻilgan. U 1978-yilda Imfalning Sindam Sinshang rezident oʻrta maktabida oʻqiyotganda sportga qiziqa boshlagan. U Imfaldagi Maharaja Bodha Chandra kollejini bitirganida, ogʻir atletika uning birinchi tanloviga aylanib ulgurgan.

U Markaziy zahiradagi politsiya kuchlariga qoʻshilgan. Devi shuningdek, politsiya chempionatida toʻlqinlar yaratishni davom ettirgan va 1996-yildan 1998-yilgacha Hindiston politsiyasi jamoasi sardori boʻlgan.

Sport tarixi



1985-yildan boshlab u ogʻir atletika boʻyicha mamlakat chempionatida 44 kilogramm, 46 kilogramm va 48 kilogramm vazn toifasida medallarni qoʻlga kirita boshlagan, ikkinchisi yani dast koʻtarishda esa oxirgi vazn toifasida koʻplab medallarga ega chiqqan. 1987-yilda Trivandrumda ikkita yangi milliy rekordni qayd etgan. Oʻz vazn toifasini 46 kilogrammga oʻzgartirib, 1994-yilda Pune shahrida oltin medalni qoʻlga kiritgan, ammo toʻrt yildan soʻng Manipurda 48 kilogramm vazn toifasida bellashishga urinib, kumush medalga sazovor boʻlgan.

Uning ogʻir atletika boʻyicha ayollar oʻrtasidagi birinchi jahon chempionati 1989-yilda Manchesterda oʻtkazilgan va uchta kumush medal bilan taqdirlangani uning kayfiyatini sezilarli darajada koʻtargan va oʻziga ishonchini yanada oshirgan. Oʻshandan beri ketma-ket yettita jahon chempionatida ishtirok etgan va ushbu musobaqalarning har birida medallarni qoʻlga kiritib kelgan. Biroq, u har doim kumush medallar bilan kifoyalanib, yuqori pogʻonaga chiqa olmagan.

1990-yilda Pekinda va 1994-yilda Xirosimada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida eng koʻp bronza medalini qoʻlga kiritgan va 1998-yilda Bangkokdagi Osiyo oʻyinlarida hech qanday medalni qoʻlga kirita olmagan.

Kunjarani doimiy ishtiirok etgan ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatlari omadliroq boʻlgan. 1989-yilda Shanxayda bitta kumush va ikkita bronza medal bilan boshlangan boʻlsa, 1991-yilda Indoneziyada 44 kilogramm vazn toifasida uchta kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1992-yilda Tailand va 1993-yilda Xitoydagi musobaqalarda ikkinchi oʻrinni saqlab qolgan. Uning eng yaxshi koʻrsatkichi 1995-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan musobaqada 46 kilogramm vazn toifasida ikkita oltin va bitta bronza medalini qoʻlga kiritgan. 1996-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan chempionatda ikkita kumush va bitta bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Tanilishi



Devi 1990-yilda Arjuna mukofoti sovrindori boʻlgan va 1996—1997-yillarda Leander Paes bilan Rajiv Gandi Khel Ratna mukofotlariga loyiq koʻrilgan. Xuddi shu yili u KK Birla sport mukofotini qoʻlga kiritgan. Hindiston hukumati uni 2011-yilda Padma Shri fuqarolik sharafi bilan taqdirlagan.

Asosiy natijalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz