Kunitachi, Tokio




Kunitachi (yaponcha: 国立市 Kunitachi-shi?) – Tokio Metropolisining gʻarbiy qismida joylashgan shahar. 2021-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharda 38,825 ta xonadon mavjud va 76.423 kishi istiqomat qiladi. Aholi zichligi har bir kmga 9,400 kishini tashkil qiladi. Aholining taxminan 41,9 foizini 65 yoshdan oshganlar tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 8.15 kvadrat kilometrdir.

Geografiyasi



Kunitachi shahri Tokio Metropolisining geografik markazidagi Musashino platosida joylashgan. Kunitachi oʻzining Daigaku Dori (Universitet xiyoboni) koʻchasi bilan mashhur. Sakura daraxtlari bilan qoplangan ushbu bulvar Kunitachi stantsiyasidan Chuo magistral liniyasi boʻylab Tama daryosi qirgʻoqlari tomon choʻzilgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar



Tokio Metropolisi

Iqlimi



Kunitachi nam subtropik iqlimga ega. Yozi issiq va qishi salqin, qor yogʻmaydi. Kunitachida oʻrtacha yillik harorat 13,9°C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1647 mm, eng yomgʻirli oy esa sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,4°C atrofida, eng past harorat esa yanvarda 2,5°C atrofida.

Demografiyasi



Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Kunitachi aholisi urushdan keyingi bir necha oʻn yilliklarda juda tez oʻsib bordi. Ammo 1980-yillardan boshlab oʻsish sur’ati pasaygan.

Tarixi



Kunitachi shahri tarixiy Koshu Kaido yoʻlining (Edo davridagi savdo yoʻli) Edo va Kofu shaharlarini Kai provinsiyasi (hozirgi kundagi Yamanashi prefekturasi) bilan bogʻlagan yoʻnalishi yoqasida joylashgan. Bu hududlar oʻzining koʻp sonli buloqlari bilan ajralib turardi. Ishida, Aoyagi va Yabo qishloqlari Kanagava prefekturasining Tama tumani tarkibida, 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilayotganda tashkil etilgan. Tuman 1893-yilda Kanagavadan ajratib olinib Tokioga tarkibiga qoʻshilgan. 1920-yilda Kunitachi Seibu kompaniyasi asoschisi Kojiro Tsutsumi qoʻlga kiritdi va keng koʻlamli rejalashtirilgan shahar qurilishini boshlab yubordi. Tsutsumi hududni Germaniyaning Göttingen shahri namunasidagi universitet shaharchasiga aylantirish niyatida edi.

1951-yilda Kunitachi shaharchasini tashkil qilish uchun Ishida, Aoyagi va Yabo qishloqlari birlashtirildi. 1967-yil 1-yanvarda Kunitachiga shahar maqomiga berildi

Hukumati



Kunitachi toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan hokim va 22 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashidan tashkil topgan hokim-kengash boshqaruv shakliga ega. Kunitachi Kokubunji shahri bilan birgalikda Tokio Metropolisi Assambleyasiga ikki nafar aʼzosini qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan shahar Yaponiya Dietining quyi palatasi nazoratidagi Tokio 21-okrug maʼmuriy birligi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti



Kunitachi hamon universitet shahrchasi boʻlib qolmoqda. Unda sanoat va davlat ahamiyatidagi binolar mavjud emas. 2015-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, har kuni Kunitachi aholisining 25,1 foizi Tokio markaziga qatnaydi.

Transporti



Temir yoʻl



JR East – Chuo Asosiy Yo'nalishi

JR East– Nambu Yo'nalisi

Magistral yoʻllar




Diqqatga sazovor joylar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz