Kunihiko Kodayra




Kunihiko Kodayra (yaponcha: 小平 邦彦) (16-mart 1915-yil – 26-iyul 1997-yil) – yaponiyalik matematik. Kodayra algebraik geometriya hamda murakkab xilma-xilliklar boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Fields medali bilan taqdirlangan ilk yaponiyalik olim (1954). 1984/85-yilgi Wolf matematika mukofoti bilan taqdirlangan.

Kodayra Tokio universitetini 1938-yil matematika, 1941-yil fizika boʻyicha darajalar bilan tamomlagan. 1949-yil ayni universitetdan PhD darajasini olgan. Oʻsha yili AQShagi Perspektiv tadqiqotlar institutiga chaqirilgan. 1953-yildan Princeton universitetida ishlay boshlagan. 1967-yil Tokio universitetiga qaytgan.

Kodayra Yaponiyadagi algebraik geometriyachilar maktabi asoschisidir. Olim karyerasi boshida Hodge teoriayasi ustida ishlagan. Keyinchalik murakkab tizimlarning deformatsiyalar teoriyasiga asos solgan. 1960-yillardan boshlab esa algebraik sathlarni klassifikatsiyalash ustida ishlagan.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz