Kunial




Kunial — misning nikel (5— 15%) va alyuminiy (1—3%) bilan qotishmasi. K-A va K-V xillari bor. K-A da nikel — 13,5%, alyuminiy — 2,5%, krlgani mis; K-V da nikel — 6,3%, alyuminiy — 1,5%, qolgani mis. K. termik ishlangandan soʻng qattiqlashadi. Mustahkamligi boʻyicha baʼzi konstruksion poʻlatlardan qolishmaydi; ochiq havoda, chuchuk va dengiz suvlarida zanglamaydi. K. kemasozlikda va asbobsozlikda konstruksion va prujinabop material sifatida ishlatiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz