Kungaboqar moyi
Kungaboqar moyi lot.Oleum Helianthi
O'simlik nomi: o'zb. Kungaboqar; lot. Nеliantus annuus;
Oilasi: o'zb. Astradoshlar; lot. Astraceae (murakkabguldoshlar - Compositae)
O'simlik haqida ma'lumot Bo'yi 1,2-2,5 m bo'lgan bir yillik o't o'simlik. Poyasi tiko'suvchi, kam shoxlangan va dag'al tuklar bilan qoplangan. Bargi oddiy, poyaning yuqori qismidagilari tuxumsimon, pastki qismidagilari esa yuraksimon bo'lib, uzun bandi bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg plastinkasining cheti yirik va notekis tishsimon. Gullari poya va shoxchalar uchiga joylashgan savatchaga to'plangan. Mevasi - turli rangdagi (oq, qora), pishganda ochilmaydigai pista.
Kungaboqar iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi avgustdan boshlab pishadi
Mеvasi. Turli rangdagi (oq, qora), pishganda ochilmaydigan bir urug’li pista.
Gеografik tarqalishi. Vatani Amerika. Shimoliy Kavkazda, Volga bo'yida, G'arbiy Sibirda, Voronej va Kursk viloyatlarida, Ukraina, Moldova, Qozog'iston hamda O'zbekiston respublikalarida ekiladi.
Kimyoviy tarkibi. Kungaboqar urug'i tarkibida 38 foizgacha moy, xlorogen, limon, vino kislotalar, karotinoidlar, fitin, 13,5-19,1 foiz oqsil, 26,55 foiz uglevodlar, oshlovchi va boshqa moddalar bo'ladi. Tibbiyotda ishlatiladigan moy urug'dan sovuq presslash yo'li bilan olinadi. Kungaboqar moyi och sariq tiniq va quyuq suyuqlik bo'lib, o'ziga xos hidi hamda yoqimli mazasi bor. Kungaboqar moyi yarim quruvchi moylarga kiradi. Tarkibida palmitin, stearin, araxin, lignoserin, olein va linol kislotalarning glitseridlari uchraydi. Moyning zichligi 0,921-0,931, refraksiya soni 1,4736-1,4762, sovunlanish soni 185-198 va yod soni 104-144. Kislota soni 2,25 dan ortiq bo'lmasligi lozim.
Ishlatilishi . Moy uchuvchan surtma, mingdevona moyi, malhamlar hamda tibbiyot sovuni tayyorlashda ishlatiladi.Oziq-ovqat sanoatida va texnikada ham keng qo'llaniladi.
uz.wikipedia.org