Kunduzgi koʻrish qobiliyati




Kunduzgi koʻrish qobiliyati  — bu insonning koʻrish tizimidagi yorugʻlikni idrok etish mexanizmi, u nisbatan yuqori yorugʻlik sharoitida ishga tushadi. Kunduzgi koʻrish qobiliyati nur sezuvchi hujayralar yordamida 10 cd / m dan oshiq (kunduzgi yorugʻlik sharoitiga mos keladi) fon yorqinligida amalga oshiriladi. Bunday sharoitda toʻr pardaning tayoqchalari faol holatda boʻlmaydi. Sinonimlar sifatida fotopik (qadimgi yunoncha: φῶς qadimgi yunoncha: φῶς — yorugʻlik va ὤψ — nigoh, koʻrish) va nur sezuvchi hujayralar orqali koʻrish atamalari ishlatiladi.

Inson koʻzining kunduzi koʻrish qobiliyati uchun yorugʻlikka nisbatan sezgirligiga oid spektral bogʻliqligi rasmda koʻrsatilgan. Kechki koʻrish qobiliyatidagi koʻzlar sezgirligining egri chiziqga nisbatan maksimum koʻrsatkichi uzun toʻlqinli tomonga qarab siljiydi va 555 nm toʻlqin uzunligida joylashadi. Biroq, maʼlum odamlar uchun nisbiy spektral yorugʻlik samaradorligi ahamiyati, shuningdek, maksimum joylashuv oʻrni farq qilishi mumkin, bunday ogʻishlar, ayniqsa, daltonizmdan aziyat chekuvchi odamlarda yaqqol seziladi. Protanopiya bilan ogʻrigan bemorlarda maksimum koʻrsatkich spektrning qisqa toʻlqinli qismiga, deyteranopiya bilan ogʻriganlarda esa uzun toʻlqinli qismiga siljigan boʻladi. Atrofni odatiy ranglarda koʻrish qobiliyatiga ega boʻlgan keksa odamlarda koʻz gavhari ozroq sargʻayadi va biroz xiralashishi mumkin, bu ham maksimal koʻrsatkichni spektrning uzun toʻlqinli qismi tomon siljishiga olib keladi.

Kunduzgi koʻrish qobiliyatining tungi koʻrish qobiliyatiga nisbatan farqli xususiyatlari:

Odam vizual maʼlumotlarning aksariyat qismini kunduzgi koʻrish qobiliyati orqali oladi.

Manbalar




Yana qarang




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz