Kun
Kun — Yerning Quyoshga nisbatan toʻla aylanish davri; bir kecha-kunduzga teng boʻlgan vaqt, sutka. Davomiyligi 24 soat bilan oʻlchanadi. Bu vaqt ikki xil — haqiqiy Quyosh sutkasi (HQS) va oʻrtacha Quyosh sutkasi (OʻQS) deyiluvchi oʻlchovlarga ega. HQS ikkita ketma-ket keladigan haqiqiy tush (yoki haqiqiy yarim kecha) vaqtlari orasidagi vaqt bilan oʻlchanadi. HQS, Quyosh yillik koʻrinma yoʻlining osmon ekvatoriga qiyaligi (ogʻish burchagi 23° 26’) va ekliptika (Quyosh yillik koʻrinma yoʻli) boʻylab harakatning notekisligi tufayli oʻzgarib turadi va shu tufayli undan amalda foydalanib boʻlmaydi. Amalda HQS ning yil davomida oʻrtacha qiymati — oʻrtacha Quyosh sutkasi — kunning uzunligi sifatida foydalaniladi. Bu vaqt osmon ekvatori boʻylab, yil davomida, tekis harakatlanadigan oʻrtacha Quyosh deyiluvchi faraziy Quyosh markaziga nisbatan Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri bilan oʻlchanadi.
Shuningdek, qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org