Kumushkon
Kumushkon qishlog‘i — Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan. Toshkent shahridan 50 km uzoqlikda, O‘zbekistonning manzarali tog‘li qismida noyob o‘zbek qishlog‘i joylashgan. Kumushkon – bu mahalliy davolanish maskani va ko‘plab sayyohlar uchun ommabop dam olish joyidir.
Bu yerda to‘laqonli dam olish uchun hamma narsa – hudud xalq amaliy san‘atining eng yaxshi vakillari va agroturizm majmualari faoliyat ko‘rsatadigan infratuzilma, mehmonxona majmualari, mehmonlar uchun uylar, madaniyat uylari, milliy taomlar restoranlari, ijod uylari mavjud.
Tarixi
Aholi
Bugungi kunda Kumushkon MFY da 3000 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Transport
Hozirgi kunda Kumushkon turizm qishlogʻiga aylantirilgani bois bir qancha transport yo`nalishlari qatnovi yo`lga qo`yildi. Jumladan poytaxt Toshkent shahridan Parkent tumani Kumushkon qishlog‘i bilan bog‘lovchi yo‘nalishda mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mikroavtobuslar harakati “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati yaqinidagi “Muhammad Yusuf” bekatidan boshlanadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org