KUMUSH XLORID, AgCl — oq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 457,5°, qaynash temperaturasi 143G, zichligi 5,56 g/sm3. Suvda eruvchanligi 0,00155 g/l. Juda plastik, mexanik xossalari metallarnikiga yaqin, undan o’ta yupqa vafis plastinkalar tayyorlash mumkin. Yorug’lik nuri ta’sirida qorayadi va parchalanib kumush ajratib chiqaradi. Kumush xlorid, odatda, kumush nitrat eritmasidan cho’ktirish yo’li bilan hamda kumushga yuqori temperatuada xlor yoki oksidlovchilar ishtirokida xlorid kislota eritmasini ta’sir ettirib olinadi. Tibbiyotda, fotomateriallar ishlab chiqarishda, radar ekranlari va infraqizil spektroskoplar linzalari tayyorlashda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish