KUMARATUNGA CHANDRIKA XONIM



KUMARATUNGA CHANDRIKA XONIM (1945.29.6, Kolombo) — Shri Lanka davlat arbobi. Sorbonna universitetini tugatgan. Siyosiy fanlar Doktori. 1972-76 yillarda Yer islohoti komissiyasi direktori va bosh direktori, 1976-77 yillarda yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash komissiyasi raisi, 1977-79 yillarda BMT oziq-ovqat va qishloq xo’jalik tashkilotining Shri Lankadagi vakolatxonasi mutaxassisi. 1993 yildan G’arbiy viloyat hukumati boshlig’i, so’ng Shri Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi bosh vaziri, 1994 yil oktabrdan prezidenti.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz