Kuma-Manich botig'i




Kuma-Manich botigʻi — Kavkaz oldini Sharqiy Yevropa tekisligidan ajratib turuvchi tektonik botiq. Toʻrtlamchi davrda Kaspiy va Azov dengizlarini birlashtirib turgan. Eni 20–30 km (markaziy qismida 1–2 km). Shoʻr koʻl koʻp (eng kattasi — Manich-Gudilo), suv omborlari, Kuma-Manich kanali qurilgan. K.-Kuma-Manich botigʻining sharqida Sharqiy Manich va Kuma vodiylari, gʻarbida Gʻarbiy Manich daryosi vodiysi joylashgan. Betagachalov-shuvoq oʻsimliklari oʻsadi. K.-Kuma-Manich botigʻidan Yevropa bilan Osiyo oʻrtasidagi shartli chegara utgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz