KUMA



KUMA — shimoliy Kavkazdagi Ddaryo. Uzunligi 802 kilometr, havzasining maydoni 33,5 ming kilometr kvadrat. Katta Kavkazning shimoliy yon bag’irlaridan boshlanadi. Yuqori qismida tog’lar orasidan, o’rta qismida dashtdan oqadi. Kaspiy bo’yi pasttekisligiga kelganda Kuma o’zani bir necha tarmoqqa bo’linib, kaspiy dengiziga etmasdan tugaydi. O’rta oqimida o’rtacha suv sarfi 10,9 m3/sek. Kuma qor va yomg’irlardan to’yinadi. Terek- Kuma va Kuma-Manich kanallari suvidan sug’orishda foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz