Kultepa (Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani, Tamaddun, V asr)




Kultepa   — Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: V asr. Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Tamadun“ MFY. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan.

Joylashuvi



Qadimda aholi punkti bo'lgan yodgorlik Qizilsoyning chap sohilida, shimoli-sharqiga yaqin joyda joylashgan. Tarixiy va madaniy Chag'oniyon atrofida bo'lgan.Bu hudud hozirgi Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati Shoʻrchi shahri chekka hududiga to'g'ri keladi . Bu qadimiy manzilgohni ilk bor Oʻzbekiston sanʼatshunos ekspeditsiyasi tomonidan XX asr 60-yillarning ikkinchi yarmida o'rganilgan. G.А.Pugachenkova tomonidan ushbu manzilgohdan topilgan terrakota majmuasi Kultepa manzilgohi kushanlar davriga toʼgʼri kelishini koʼrsatib berdi. Kultepa manzilgohi ba]zi manbalarda Joyilma nomi bilan ham keltiriladi. Biroz vaqt o'tgach, 1970-yillarning o'rtalarida manzilgohni o’rgangan olimlar tuproq qatlami bir necha joylarda 12–14 m ga yetishini aniqladilar.

Topilmalari



Hozirgi kunda manzilgohning katta qismi aholi tomonidan deyarli butunlay o’zlashtirilib ekin maydonlari va haydaladigan dalalarga aylantirilgan. Hozirgi kunda Kultepa (Joyilma) kichik tepalikdan iborat bo'lib, u yerda madaniy qatlamning qalinligi 14 m ga yetadi, janubi va sharqidan sopol buyumlar parchalari va boshqa narsalar topilgan. Aholi turar joyining umumiy xronologik asosi miloddan avvalgi I - IV asrga to’g’ri keladi. Yozuv harflarining uslubi aralash xarakterli, bu erda monumental shakl harflar kursiv bilan birlashtiriladi. Masalan, san va ro shakllari Surxkoʻtal, Rabatak va Ayram yozuvlarida choʻzilgan yozuvga o'xshaydi va gamma omikronga ulangan. Bu ikkalasining ulanishi Kanishka podshoning Surxko‘tol bitiklarida, masalan "Vado"da ham uchraydi. Aslida, birinchi so'zdagi alfa harfi va ikkinchisidagi dze harfi kursiv xarakterga ega. Yozuvda uch marta uchraydigan omikronning konturi beqaror – yumaloq. Yozuvli xum hoshiyasi ko‘ndalang kesimi uchburchak shaklida, ustki qismi yumaloq, pastki cheti uchli. Bu turdagi buyumlar Kanishka davridagi Kampirtepa yodgorligida ham uchraydi. Shuning uchun ham baqtriya yozuvining bizgacha yetib kelgan xumdagi qismida shaxsiy unvon keltirilgan boʻlishi mumkin deb taxmin qilinadi.

Kushonlar davrida Chag'aniyon manzilgohi alohida ahamiyat ega. Xalchayondagi sulolaviy ibodatxona, saroyda aks ettirilgan haykaltaroshlik tasvirlari kushonlar davlati haqida ko’p ma’lumot beradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz