Kulrang akulalar
Kulrang akulalar , yoki
arrasimon tishli akulalar , yoki
karxarin akulalari (lotincha: Carcharhinidae) — Karxarinsimonlar turkumidagi akulalar oilasi. Akulalarning eng katta va koʻp sonli oilalaridan biri. Yoʻlbars akula, koʻk akula va toʻmtoq tumshugʻli akula kabi turlar ham unga tegishli. Bu turdagi akulalarning barchasi odamxoʻrlik sifati bilan tanilgan va bu borada oq akulalardan zarracha ortda qolishmaydi. Ustiga-ustak, ularning soni anchagina koʻp. Yoʻlbars akulasining uzunligi 6,32 m ga etadi. Toʻmtoq tumshuqli akula esa kaltaroq-uning uzunligi toʻrt metrgacha boʻladi. Ammo bu uning qanchalar xavfli ekanligiga taʼsir qilmaydi.
Barcha okeanlarning tropik, subtropik va moʻtadil suvlarida keng tarqalgan. Yettita turi chuchuk suvda hayot kechiradi.
Oilaning barcha vakillari akula bolalarini tirik holda dunyo keltiradi.
Tasniflanishi
Oila 12 avlod va 50 ga yaqin turdan iborat.
Manbalar
uz.wikipedia.org