Kulita karvonsaroyi




Kulita karvonsaroyi — Oʻzbekistonning Buxoro shahri tarixiy markazida joylashgan madaniy meros yodgorligi. Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan. Karvonsaroy gʻarbiy tomonida Toqi Telpakfurushon savdo gumbaziga tutashgan.

Kulita karvonsaroyida avval ayollar bosh kiyimi bilan savdo qilingan, soʻngra unda sarroflar faoliyat olib borishgan. Keyinchalik unda tatar savdogarlari istiqomat qilishgan va Rossiya imperiyasidan olib kelingan tovarlar saqlangan. 1920-yilgi Buxoro inqilobidan soʻng binodan ombor sifatida foydalanilgan. Keyinchalik u Buxoro shahar kommunal xoʻjaligi ixtiyoriga berilib, binodan aholi uchun yotoqxona sifatida foydalanilgan.

1992-yildan buyon karvonsaroyda Oʻzbekistondagi ilk temirchilik hunari muzeyi faoliyat koʻrsatyapti.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz