KULAMET JIROV UBBI O’G’LI (1872 -Qoraqalpog’iston Respublikasi Qonliko’l tumani — 1954) — Jirov (dostonchi). Kulamet jirovning jirovchilik san’atini eg’allashida Nurabulla jirov, arzi Suyeu singari san’atkorlarning ta’siri kuchli bo’lgan. Kulamet jirov Qo’ng’irotda Nurabulla jirovga shogird tushib, ustozidan 40 dan ortiqtermalarni, “Alpomish”, “Shahriyor”, “Qo’blon” va boshqa dostonlarni o’rgangan va ijro etgan. 1939 yil A. Shamuratov undan “Shahriyor” dostonini yozib olgan va nashrga tayyorlagan. Asar, dastlab, 1959 yilda kitob holida chop etilib, 1971 yil rus tiliga tarjima qilingan. Qoraqalpog’istonda Kulamet jirov nomida jamoa xo’jaligi, maktab va ko’cha mavjud.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish