Kulachokli val




Kulachokli val , taqsimlash vali — mashinaning alohida mexanizmlariga berilgan ketma-ketlikda harakat uzatadigan kulachoklari boʻlgan val. Ichki yonuv dvigatelidagi Kulachokli val klapanlarning oʻz vaqtida ochilib-yopilishini, yonilgʻi vositasida esa Kulachokli valning kulachoklari taʼsirida plunjerdar ish yoʻlini bajaradi. Kulachokli valpoʻlatdan shtamplab yoki mustahkamligi yuqori boʻlgan choʻyandan quyib tayyorlanadi. Kulachokli val turli avtomatik mashivalar, porshenli dvigatellarning muhim qismi hisoblavadi. Kulachokli val kulachoklari va boʻyinlari HRC53-62 qattiqlikkacha toblanadi, keyin silliqlanadi va yaltiratiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz