Kuk orollari




Kuk orollari — Tinch okeandagi arxipelag, Polineziyada. Maʼmuriy jihatdan Yangi Zelandiya tarkibida. Janubiy orollar (8 orol) va Shimoliy orollar (7 orol)dan iborat. Maydoni 234 km². Maʼmuriy markazi — Anarua shahri (Rarotonga o.da). Rasmiy til — ingliz tili. Kuk orollarini 1773-yilda ingliz dengiz-chisi J. L>tstavsiflagan. 1888-yildan Kuk orollari Buyuk Britaniya protektorati; 1901-yildan Yangi Zelandiya boshqaruvi ostida. 1965-yildan "Yangi Zelandiya bilan uyushgan, oʻzini oʻzi boshqaruvchi hudud" maqomini olgan. Janubiy guruh vulkan orollari (balandligi 643 m gacha), Shimoliy orollar marjon atollaridan iborat. Iqlimi tropik, passat iqlim. Aholi, asosan, kokos palmasi oʻstirish va kopra ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, apelsin, anavas, banan yetishtiriladi. Baliq ovlanadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz