Kufiy
Kufiy — xattotlik uslubi; qad. arab yozuvlaridan. Harflar toʻgʻri va doyra chiziklar asosida yoziladi. 7-asrda Yaʼrab ibn Qahton tomonidan (taxminan Kufa shahrida) ixtiro qilingan, 7—10-asrlarda keng qoʻllanilgan. K.da 22 ta harf boʻlib, abjad tartibida joylashtirilgan. Unli tovushlar turli ranglardagi belgilar bilan ifodalangan. Diakritik belgilar ixtiro qilingach (8-asr), harflar soni 28 taga yetkazilgan. K.ning eng qad. namunalaridan biri Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlavayotgan, teriga yozilgan Usmon Qurʼonidir. Qoʻlyozma kitob yozishda asta-sekin K. oʻrnini vasx xati egalladi. K.dan, asosan, meʼmorlik (mas, Samarqanddagi Amir Temur, Qozizoda Rumiy maqbaralari kitobalari), amaliy bezak sanʼati, tangalarda, qoʻlyozma kitob sarlavhalari va kitobalarni yozishda foydalanilgan.
Abdumajid Madraimov.
Manbalar
uz.wikipedia.org