Kudryashyov sutlamasi
Kudryashyov sutlamasi ( lotincha: Euphorbia kudrjaschevii) — sutlamadoshlar (Euphorbia) oilasiga mansub ikki pallali o‘simlik turi. Hozirgi taksonomik nom ostida o‘simlik 1949-yilda rus botanigi Yaroslav Ivanovich Proxanov tomonidan ifodalangan. Sovet geobotanigi, O‘zbekiston o‘simliklari tadqiqotchisi Serafim Nikolayevich Kudryashyov (1907-1943) sharafiga qo‘yilgan.
Sinonim nomlanishi — Galarhoeus kudrjaschevii Pazij basionym.
Qisqacha tavsifi
Oʻzbekiston endemigi.
Bo‘yi 20 sm ga yetadigan, jingalak tuklar bilan qoplangan ko‘p yillik o‘t. Poyasi tik, oddiy, barglari ko‘p. Poyaning pastki barglari tangachasimon, qo‘ng‘ir rangli, cho‘ziq, poyadagi barglari esa cho‘ziq qalami, uzunligi 2–4,5 sm, eni 2–4 mm, asosi yumaloq, uchli, tekis qirrali. Soyaboni 3–6 ta, oddiy nurli. Ko‘sakchasi yumaloq, uzunligi 6 mm, jingalak tukli. Iyun– iyul oylarida gullab, mevasi yetiladi .
Muhofaza choralari
Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Hisor davlat qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan.
Manbalar
uz.wikipedia.org