Kudaybergen Yerjan
Kudaybergen Tolepuli Yerjan (qozoqcha: Құдайберген Төлепұлы Ержан; 1959-yil 7-noyabr Jizzax viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – qozoq davlat va jamoat arbobi. VI chaqiriq Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Majilisi deputati (2016-yildan).
Hayoti
1959-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Timiryazev sovxozida tugʻilgan.
Olmaota xalq xoʻjaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1982-yilda Chimkent viloyat tartibga solish ilmiy-tadqiqot stansiyasida agronom-iqtisodchi lavozimidan boshlagan.
1985–1988-yillarda – Jizzax viloyati Forish tumani „Qizilqum“ sovxozi bosh hisobchi oʻrinbosari, Olmaota shahridagi geodeziya-qidiruv korxonasida topografik-geodeziya ishlari boʻyicha ishchi. Olma-Ota, „Kazbytradiotexnika“ ishlab chiqarish birlashmasi auditori, „Garant“ ishlab chiqarish birlashmasi katta auditori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
1989–1993-yillarda Moskva viloyati „Ritm“ yoshlar ilmiy-texnik ijodiyoti markazining bosh hisobchisi, keyin Olmaota shahridagi „Sabaz“ MChP direktori, BankCenterCreditning 2-sonli filiali direktori sifatida oʻz faoliaytini davom ettirgan.
1998-yildan 2012-yilgacha – „Shardarin GES“ OAJ boshqaruvi raisi boʻlib oʻz faoliyatini olib borgan.
2012–2016-yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati kengashining uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi chaqiriq deputati, viloyat kengashining byudjet va qishloqlarni rivojlantirish boʻyicha doimiy komissiyasi raisi, Janubiy Qozogʻiston viloyati kengashi kotibi vazifasida faoliyat yuritgan.
2016-yil 24-martdan – „Nur Otan“ partiyasidan VI chaqiriq Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi deputati, Respublika Parlamenti Majlisining Xalqaro ishlar, Qozogʻiston mudofaa va xavfsizlik boʻyicha qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
2020-yilda „Nur Otan“ partiyasi jamoat birlashmasidan Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi deputatligiga nomzod, 2021-yildan 2023-yil yanvargacha yettinchi chaqiriq Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisi deputati boʻldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org