Kuchaytirgich turlari
Kuchaytirgichlarning bir nechta turlari mavjud boʻlib, ular haqida qisqada maʼlumotlarni ushbu maqolada berib oʻtgandik. Endi batafsil maʼlumotlarni berib oʻtamiz.
RC — kuchaytirgich
RC — kuchaytirgich past chastotali signalining kuchlanishini oshiruvchi kuchaytrigichdir. Unda nagruzka sifatida rezistor qoʻllanilgani uchun uni rezistorlarda tuzilgan kuchaytirgich yoki qisqacha RC — kuchaytirgich deyiladi. Uning kuchaytirish xususiyatlari keng chastotalar oraligʻida signal chastotasiga bogʻliq emas.
Ushbu rasmda bipolyar va unipolyar tranzistorda tuzilgan RC — kuchaytirgichning prinsipial sxemasi koʻrsatilgan.
Undagi passiv elementlar turli xil vazifani bajaradi. Masalan, passiv zanjirlardan CR, CR va R R kuchaytirgichning oʻzgarmas tok boʻyicha, qolgan elementlar esa, oʻzgaruvchan tok boʻyicha ish rejimini beradi.
Yuqori chastotali kuchaytirgich
Koʻp hollarda yuqori chastotali kam quvvatli tebranishlarni bir necha oʻn hatto 100 million marta kuchaytirish talab qilinadi. Bunday tebranishlarga radioaloqada antenna orqali qabul qilinadigan signallar misol boʻladi. Qabul qiluvchi antennada faqat yagona radiostansiyaning signali emas, balki juda koʻp radiostansiyalarning signallari qabul boʻladi. Shunga koʻra yuqori chastotali kuchaytirgichlar chastota tanlovchi yoki tanlovchi kuchaytirgichlar deb ataladi.
Nagruzkasi yakka tebranish konturidan iborat boʻlgan kuchaytirgich rezonans kuchaytirgich deb, nagruzkasi bogʻlangan tebranish konturidan iborat boʻlgan kuchaytirgich esa oʻzgarmas sohali kuchaytirgich deb ataladi.
Konturlarning qisman ulanish darajasi transformatsiya koeffitsiyenti deb ataladigan kattaliklar orqali ifodalanadi
P
1
=
U
1
U
K
{\displaystyle P_{1}={\frac {U_{1}}{U_{K}}}}
P
2
=
U
2
U
K
{\displaystyle P_{2}={\frac {U_{2}}{U_{K}}}}
Amalda tebranish konturini nagruzka zanjiriga qisman ulashning qoʻsh avtotransformator holi keng tarqalgan.
Ushbu rasmda bipolyar tranzistorli rezonans kuchaytirgichning prinsipial sxemasi koʻrsatilgan. Unda nagruzka konturi L induktivlik gʻaltagi va C oʻzgaruvchan kondensatordan tashkil topgan. Koʻpincha yuqori chastotali kuchaytirgichlarni oʻrganishda tranzistorning U — parametridan foydalanish qulay.
Keng sohali kuchaytirgich
Koʻp radioelektron qurilmalarda keng chastota spektriga ega boʻlgan murakkab shakldagi signallar — impuls signallarini kuchaytirish talab etiladi. Bunday signallarning barcha tashkil etuvchilarini bir tekis kuchaytirish uchun kuchaytirgichning oʻtkazish sohasi bi rnecha gersdan to bir necha megagersgacha yetishi kerak. Bunday shartni nagruzkasi chastotaga bogʻliq boʻlmagan kuchaytirgichla rbajaradi. Ular rezistorlarda tuzilgan kuchaytigichlardan iboratdir.
Maʼlumki, rezistorlarda tuzilgan kuchaytirgichning oʻtkazish sohasi quyi chastotalar tomonidan oʻtish zanjirining vaqt doimiysi (
τ
h
=
C
R
H
{\displaystyle \tau _{h}=CR_{H}}
), yuqori chastotalarda esa, nagruzka zanjirining vaqt doimiysi (
τ
0
=
C
0
R
e
k
v
{\displaystyle \tau _{0}=C_{0}R_{ekv}}
) bilan chegaralangan boʻladi. Shunga koʻra, oʻtkazish sohasini quyi chastotalar sohasiga qarab kengaytirish uchun vaqt doimiysini yoki kondensatorning sigʻimini kattalashtirish kerak. Yuqori chastotalar sohasiga qarab kengaytirish uchun esa kichraytirish kerak.
Quvvat kuchaytirgichlari
Quvvat kuchaytirgichlari qurilmalardagi kuchaytirish pogʻonasining soʻnggi bosqichdagi kuchaytirgich hisoblanadi. Shuning uchun ular oxirgi kaskad yoki chiqish kaskadi deb ham nomlanadi.
Quvvat kuchaytirgichlari chiziqli va nochiziqli rejimlarda ishlaydi. Chiziqli rejimda chiziqli boʻlmagan buzilishlar deyarli kuzatilmaydi. Lekin bu holda kuchaytirgichning F. I.K, yaʼni nagruzkada ajraladigan oʻzgaruvchan P quvvatning manbadan olinadigan P quvvatiga nisbati kichik boʻladi va eng yaxshi holda 50% ga yetishi mumkin xolos.
Nochiziqli rejimda esa, manba kam quvvat sarf qiladi. Shuning hisobiga qurilmaning F. I.K ortadi. Lekin ishchi soha kuchaytiruvchi element xarakteristikasining egri chiziqli qismida boʻlgani uchun signalning shakli buzilishiga olib keladi. Bu rejimda F. I.K 78% gacha yetadi.
Sur’atda umumiy bazali va umumiy emitterli sxema asosida tuzilgan tranzistolri quvvat kuchaytirgich keltirilgan. Unda ishchi sohasi kollektor-emitter orasidagi kuchlanishning U — yoʻl qoʻyiladigan maksimal qiymati, kollektor tokining I — yoʻl qoʻyiladigan maksimal qiymati, kollektor-emitter kuchlanishining U — minimal qiymati, kollektor tokining I — minimal qiymatii bilan chegaralanadi.
Quvvat kuchaytirgichining F. I.K ini oshirish uchun kuchaytiruvchi elementning chiziqli boʻlmagan ish rejimiga oʻtiladi. Kuchaytrigichning chiziqli boʻlmagan rejimidan foydalanishda 2 taktli sxema katta ahamiyatga ega.
Manbalar
uz.wikipedia.org