KUCHAN ZILZILASI
KUCHAN ZILZILASI – 1895 yil 17 yanvarda Eronning Turkmaniston chegarasiga yaqin bo’lgan Kuchan shahrida ro’y bergan. Zilzila episentri (Kuchan)da tebranish 9 ballga, zilzila magnitudasi esa 7,1 ga yetgan. Zilzila oqibatida 8 ming kishi halok bo’lgan, Atrek vodiysi yon atrofida tog’lar o’pirilgan. Yer po’stida katta-katta yoriqlar vujudga kelgan. Aholi yashaydigan ko’p joylar yer bilan yakson bo’lgan. Zilzila ta’siri O’rta Osiyoning ko’pgina shaharlarida sezilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz