Kubbra Sait
Kubbra Sait (1983-yil 27-iyulda tugʻilgan) hind aktrisasi, teleboshlovchisi va modeli boʻlib,Sultan, Ready va City of Life filmlarida suratga tushgan. U Netflix original platformasining Sacred games koʻrsatuvining birinchi mavsumida Kukoo rolini ijro etgani uchun keng eʼtirofga sazovor boʻlgan. U, shuningdek, Apple TV+ koʻrsatuvida Phara Keaen rolini tasvirlagan.
Yoshligi va faoliyati
Kubbra Sait 1983-yil 27-iyulda Bangalorda Zakariya Sait va Yasmin Sait oilasida tugʻilgan. Uning ukasi Danish Sait radio boshlovchi va teleboshlovchi boʻlib ishlaygan. Uning amakisi Tanvir Sait siyosatchi. Uning bobosi Azeez Sait Karnatakada vazir boʻlgan. Kubbra Sait yoshligidan televizorda koʻrinishni orzu qilgan, buni payqagan ota-onasi uni aktrisalik mahorat maktabiga beradi va Kubbra u yerda oʻzining qobiliyatini koʻrsata boshlaygan. 2005-yilda u Bangalordagi Milliy axborot va boshqaruv fanlari institutini tamomlagandan soʻng Dubayga koʻchib oʻtgan. U oʻn uch yoshida shoularni olib bora boshlagan. Sait oʻz karerasini koʻngilochar industriyada davom ettirishdan oldin Dubayda Microsoft kompaniyasida hisob menejeri sifatida boshlagan. U 2013-yilda Hindistonning eng yaxshi ayol xodimi mukofoti sovrindori. Shuningdek, u 2009-yilda Miss India Worldwide Goʻzallik tanlovida Miss Personality gʻolibi boʻlgan. Sait Netflixning Sacred Games shousida Kuku ismli transgender ayol roli uchun maqtovga sazovor boʻlgan. Bu Netflixning 47- Xalqaro Emmy mukofotlari marosimida „eng yaxshi drama“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan. Sait 2019-yil 25-noyabrda boʻlib oʻtgan Emmi mukofotlarida Sacred Games filmini taqdim etgan.
Filmografiyasi
Filmlar
Onlayn-seriyalar
Manbalar
uz.wikipedia.org