Kuban bo‘yi pasttekisligi




Kuban-Azov boʻyi pasttekisligi , Kuban boʻyi pasttekisligi — Gʻarbiy Kavkaz oldidagi pasttekislik. Jan.da Katta Kavkaz togʻlari, sharqda Stavropol qirlari, gʻarbda Azov dengizi, shim.da Don va Manich daryolarining kuyi qismi bilan chegaralanadi. Asosan, Rossiya Federatsiyasi Krasnodar oʻlkasida. Balandligi 100–150 m. Mezokaynozoy choʻkindi jinslari ustini lyossimon qumoq va gillar qoplab yotadi. Shim.-gʻarbida gaz konlari bor. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yillik yogʻin 400–600 mm. Landshafti qora tuproqli dasht. Shimoliy Kavkazning gʻallakor rayoni.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz