Kuba xonligi




Kuba xonligi - Shim.-Sharqiy Ozarbayjondagi davlat (18-asr oʻrtasi — 1806). Shim.-Sharqiy Ozarbayjon Zakavkazyening eng boy, aholi zich joylashgan qismi boʻlib, Zakavkazyening mollari uning muhim savdo portlari orqali tashqi bozorga oʻtgan; u Rossiyaning jan.ini Eron bilan va u orqali Hindiston va boshqa Sharq mamlakatlari bilan bogʻlagan. Kuba xonligi ni 1758—89 yillarda Ozarbayjonning buyuk davlat arbobi Fatalixon Kubaviy (1736—89) boshqargan. U Kuba xonligi atrofiga Ozarbayjonning janubidagi Ardabil shahrigacha boʻlgan Kaspiy boʻyi yerdarini birlashtirgan; Eron tajovuziga qarshi 1787-yilda gruzin podshosi Iraqliy II bilan shartnoma tuzgan. Fatalixon vafotidan soʻng 90-yillar boshida Kuba xonligi parchalanib ketgan, 1806-yilda Rossiyaga qoʻshib olingan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz