KUBA



KUBA — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar. Xachmas temir yo’l stantsiyasidan 28 kilometr. Katta Kavkazning shimoliy-Sharqiy etagida. Shosse yo’llar tuguni. Aholisi 21,5 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Meva-sabzavot konserva zavodi va boshqalar bor. Gilam to’qish taraqqiy etgan. Yirik bog’dorchilik rni markazi. Tarix- o’lkashunoslik muzeyi, Ozarbayjon San’at universiteti filiali, drama teatri bor. Kubaga 15-asrda asos solingan. Kuba 18-asrning 2-yarmida Kuba xonligi poytaxti.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz