Kuautemok




Kuautemok (Cuauhtemoc) (1494/ 1502—1525) — atsteklar bosh hukmdori (1520—21); ispan bosqinchilariga qarshi qurolli kurash rahbari. Meksika milliy qahramoni. Tenochtitlan (hozirgi Mexiko) mudofaasi vaqtida yuksak harbiy salohiyat va shaxsiy jasorat koʻrsatgan. K. buyrugʻiga koʻra, shahar mudofaa inshootlari (xandaqlar, devorlar, koʻchabandlar, otliq qoʻshinga qarshi maxsus toʻsiqlar) bilan mustahkamlangan. Pistirmalardan unumli foydalangan. Tenochtitlan qulagach (1521), K. ispanlar tomonidan asir olinib, qattiq qiynoqlardan soʻng qatl qilingan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz