KSEROMORFIZM
KSEROMORFIZM (Yunoncha xeros — quruq va morphe — shakl, ko’rinish) — quruqlik o’simliklari — kserofilorga xos morfologik va anatomik xususiyat. Barg yuzasining kichrayishi, hujayralarining maydalanishi, kichik og’izchalarning ko’p bo’lishi, tomirlarning zich to’r hosil qilishi, barglarda tuklar hosil bo’lishi va boshqalar Kseromorfizmga xos. Kseromorfizmda ko’pincha barglar yo’qolib, ular o’rnini fotosintezlovchi poyalar yoki tikanlar (masalan, kaktusda) egallaydi. Kseromorfizm transpirasiya tezligini kamaytirib, nam tanqisligida o’simliklarni qurib qolishdan saqlaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz