Kseniya Monko
Kseniya Ivanovna Monko (ruscha: Ксения Ивановна Монько; 1992-yil 8-fevralda tugʻilgan) — Rossiya vakili sifatida muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Kirill Xalyavin bilan birga 2011-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, ikki karra (2009-10, 2010-11) oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni va 2015-yilgi Rossiya milliy chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
Kseniya Ivanovna Monko 1992-yil 8-fevralda Kirov shahrida tugʻilgan. Kseniya rossiyalik muz ustida raqs bilan shugʻullanuvchi Mariya Monkoning singlisi. Kseniya Kirill Xalyavin bilan 2017-yil 10-iyun kuni Rossiyaning Kirov shahrida turmush qurgan. Ularning oʻgʻli 2020-yil oktabr oyida dunyoga kelgan.
2022-yil fevral oyida, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan, Monko va uning oilasi nomaʼlum muddatga Ispaniyaga koʻchib oʻtgan.
Faoliyati
Kseniya Monko toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan va muz usida raqs bilan besh yoshidan shugʻullangan. Uning birinchi murabbiyi Svetlana Tamriyeva edi.
Monko 2000-yilda Xalyavin bilan juftlik hosil qilgan. Ular 2009-yilning may oyida oʻz murabbiyi bilan Rostov shahridan Moskvaga koʻchib ketishgan.
Juftlik 2009 — 2010-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida va Rossiya oʻsmirlar oʻrtasidagi chempionatda gʻolib boʻlgan. Ular 2010-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritganlar.
Monko / Xalyavin juftligi 2010 — 2011-yilgi mavsumda ikkinchi oʻsmirlar oʻrtasidagi final chempionligini qoʻlga kiritgan va buning ortidan ikkinchi Rossiya yoshlar chempioni unvoni sohibi boʻlgan. Ular 2011-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritganlar.
Monko / Xalyavin juftligi 2012-yil fevral oyida murabbiylarini Aleksandr Julin va Oleg Volkovga almashtirgan. Juftlik2012 Rostelekom Cup musonbaqasida 6-oʻrinni, 2013-yilgi Rossiya chempionatida esa 4-oʻrinni egallagan. Yekaterina Bobrova / Dmitriy Solovyov juftligi 2013-yilgi Jahon terma jamoasi kubogi musobaqasini jarohati tufayli tark etgan va ularning oʻrniga Monko / Xalyavin juftligi Rossiya terma jamoasiga kiritilgan. Monko / Xalyavin juftligi musobaqada 3-o‘rinni egallab, Rossiya jamoasi esa umumiy hisobda 4-o‘rindan joy olgan. Xalyavinning yuqori isitmasi tufayli juftlik turnirlarni tark etgan.
Dasturlari
Xalyavin bilan
Natijalari
GP: Gran-pri; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Xalyavin bilan Manbalar
uz.wikipedia.org