Kseniya Makarova




Kseniya Olegovna Makarova (ruscha: Ксения Олеговна Макарова; 1992-yil 20-dekabrda tugʻilgan) — avval Rossiya vakili sifatida, keyinchalik amerika vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. 2010-yilgi Skate Canada International turnirining kumush medali sovrindori, 2009-yilgi Nice kubogi chempioni va 2010-yilgi Rossiya milliy chempionatining gʻolibi. Kseniya Makarova 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Rossiyani himoya qilgan va musobaqada 10-oʻrindan joy olgan.

Faoliyati



Kseniya 2003 −2004-yilgi mavsumda Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnasha boshladi va oʻzining ilk mintaqaviy chempionatida 7-oʻrindan joy oldi. Keyingi mavsumda ham oraliq musobaqada qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritdi va AQSh oʻsmirlar chempionatida qatnashib, 15-oʻrindan joy oldi. 2005 — 200-yilgi mavsum turnirida soʻnggi marta oʻsmirlar darajasida qatnashib, chempionlikni qoʻlga kiritdi, biroq AQSh oʻsmirlar chempionatini tark etishga majbur boʻldi. Kseniya 2006—2007-yilgi mavsumda kattalar toifasiga koʻtarildi. U mintaqaviy chempionatda gʻolib chiqdi va 2007-yilgi AQSh chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun US Skating musobaqasida qatnashib, 2-oʻrinni egalladi. Kseniya AQSh chempionatida 7-oʻrindan joy oldi.

Kseniya Makarova 2011—2012-yilgi mavsumda 2011-yilgi Cup of China turnirida va 2011-yilgi Skate America musobaqasida qatnashgan. U 2011-yilda Cup of China turnirida yettinchi, Skate America musobaqasida esa beshinchi oʻrinni egallagan. 2012-yilgi Russian Nationals turnirida toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. Makarova 2012-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, oltinchi oʻrinni egallagan. 2012-yilgi jahon chempionatida esa toʻqqizinchi oʻrindan joy olgan.

Makarova 2013-yilda sonidan jarohat olgan va jarohati tufayli 2013-yilda nafaqaga chiqqan. Kseniya 2014-yildan boshlab murabbiy boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda.

Dasturlari




Natijalari



Rossiya vakili sifatida




Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili sifatida




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz