Kseniya Grigoreva
Kseniya Igorevna Grigoreva (1987-yil 25-noyabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik togʻ changʻi sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi. 2003-yildan togʻ changʻisi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2010 va 2014-yilda Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.
Tarjimai hol
Tajribali sportchi Germaniya, Qozogʻiston, Koreya, Eron kabi koʻplab davlatlarda oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilib, sovrindorlar safidan oʻrin egallagan.
Kseniya Grigoreva 2010-yil Vankuver shahrida (Kanada) boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida slalom gigant boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda ishtirok etgan. 2011 va 2013-yillarda oʻtkazilgan Jahon chempionati qatnashchisi. 2011-yili Qozogʻistonda oʻtkazilgan qishki Osiyo oʻyinlarida 4-oʻrinni band etgan.
Sochi-2014 qishki Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasiga 2013-yilning avgust — sentabr oylari Yangi Zelandiyada oʻtkazilgan musobaqada sazovor boʻldi va boʻlajak musobaqaga Italiya, Avstriya, Shveysariya kabi davlatlarda tashkil etilgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari orqali xozirlik koʻrdi.
Kseniya Grigoreva 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini 18-fevral kuni togʻ changʻisining slalom yoʻnalishi boʻyicha oʻtkaziladigan bahslar orqali boshlaydi (Musobaqa Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi).
Manbalar
uz.wikipedia.org