Ksantogevatlar




Ksantogevatlar (yun. xcanthos — sariq va gennao — tugʻaman) — ksantogen kislota ROC(S)SH hosilalari (tuz yoki efirlari). Umumiy formulasi:RO-C// \SR’R — uglevodorod radikali, R’ — metall (tuz) yoki uglevodorod radikali (efir). K. — oq-sariq rangli, qoʻlansa hidli barqaror birikmalar. Kaliy K.i rangli metallar rudasini boyitishda flotoreagent sifatida ishlatiladi. K. ichida ksantogʻevat sellyuloza muhim ahamiyatga ega. Vatriy gidroksid (NaOH) eritmasida suyultirilgan ksantogʻevat sellyuloza viskoza deyiladi va u viskoza tolalar va sellofan ishlab chiqarishda ishlatiladi. K. shuningdek, gerbitsidlar, insektitsidlar, foʻngitsidlar olishda, surkov moylariga qoʻshimcha, azotli oʻgʻitlarta ingibitorlar sifatida qoʻllaniladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz