KSANTOFILLAR
KSANTOFILLAR (Yunoncha xanthos – sariq va phyllon — yaproq) — kislorodli karotinoidlar; yuksak o’simliklarning yaprogi, guli, mevasi va kurtaklaridagi, shuningdek, suvo’tlar va mikroorganizmlardagi sariq pigmentlar. Plastidalarda boshqa pigmentlar (xlorofill va karotin) bilan birga bo’ladi. Flavonoidlar bilan birgalikda yaproqlarning kuzgi rangini hosil qiladi. Ksantofillarning asiklik, monosiklik va bitsiklik karotinoidlarga tegishli 50 dan ortik, turi bor. Tipik vakillari: zeaksantin (sariq) va ksantofill (binafsha rangli) kristall moddalardir. Ksantofillar yorug’da havo kislorodi ishtirokida rangsiz karotinoid uglevodorodlardan hosil bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz