Krzysztof Piątek




Krzysztof Piątek (talaffuzi: Kristof Piatek; 1995-yil 1-iyulda tugʻilgan) — polshalik futbolchi, Germaniyaning „Hertha“ futbol klubi va Polsha terma jamoasi hujumchisi, Italiyaning „Salernitana“ futbol klubida ijara asosida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Piątek oʻz shahrining „Lechia Dzierżoniów“ futbol klubi bitiruvchisi. 2012-yilda u Polshadagi quyi divizionlardan birida klubning asosiy jamoasida debyut qilgan.

2013-yilda Piątek „Lechia Dzierżoniów“ futbol klubidan „Zagłębie Lubin“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 18-may kuni „Cracovia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Polsha Ekstraklasasida debyut qilgan. Mavsum oxirida jamoa Polsha birinchi ligasiga tushib ketgan, ammo shunga qaramay Piątek klubda qolishga qaror qilgan. „Grobari“ futbol klubiga qarshi bahsda u „Zagłębie Lubin“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. Mavsum yakunida u 8 ta gol urgan va klubning oliy ligaga qaytishiga yordam bergan.

2018-yilning yozida Piontek Italiyaning „Genoa“ futbol klubiga oʻtgan. U 11-avgust kuni Italiya kubogi doirasidagi „Lecce“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Bu oʻyinda futbolchi jamoa safidagi toʻrtta golni kiritishga muvaffaq boʻlgan. 26-avgust kuni „Empoli“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan. Dastlabki toʻrtta oʻyinda Piątek beshta gol urib, Andrey Shevchenko natijasini takrorlagan.

Xalqaro faoliyati



2017-yilda Polsha yoshlar terma jamoasi tarkibida u yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Slovakiya, Shvetsiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2018-yil 11-sentabr kuni Piontek Polsha terma jamoasi safida Irlandiya Respublikasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan. Oradan roppa-rosa bir oy o‘tgach, Millatlar ligasi doirasida Portugaliyaga qarshi o‘yinda u terma jamoadagi ilk golini urgan.

2021-yilning may oyida u jarohat olib, Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan.

Statistika



2022-yil 13-noyabr holatida [11][12]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz