Krystyna Hołuj-Radzikowska




Krystyna Hołuj-Radzikowska (1931-yil 5-fevral — 2006-yil 29-noyabr) polshalik ayol shaxmatchi. Krystyna Hołuj-Radzikowska FIDE tomonidan 1955-yilda ayol xalqaro usta (WIM) va 1984-yilda ayol grossmeyster (WGM) unvonlari bilan taqdirlangan.

Hayoti



Krystyna Holuj-Radzikowska 1931-yil 5-fevralda Polshaning Lvov shahrida tugʻilgan. Krystena shaxmat oʻynashni yoshligidan boshlagan va ilk muvafaqqiyatli musobaqasi 20 yoshligida ishtirok etgan Polsha shaxmat chempionati boʻlgan. U toʻqqiz karra Polsha ayollar chempioniati gʻolibligiga sazovor boʻlgan, jumladan, 1951, 1952, 1953, 1955, 1956, 1957, 1959, 1966 va 1969-yillardagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

1955-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi nomzodlar turnirida Olga Rubtsova gʻoliblikka erishdi, Krystyna Holuj-Radzikowska esa turnirni 15-16-oʻrinlarni bilan yakunladi. U Ohrid shahrida 1971-yil tashkil etilgan mintaqalararo turnirida 7-8-oʻrinlarni egalladi. Mazkur turnirda Nana Aleksandriya gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Krystyna Holuj-Radzikowska ayollar shaxmat olimpiadasida Polsha terma jamoasi safida umumiy hisobta besh marta oʻynagan:

Krystyna Holuj-Radzikowska 1957-yilda Emmenda boʻlib oʻtgan shaxmat musobqasida birinchi taxtada oʻynab, musobaqa yakunidagi natijalarga koʻra, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Krystyna Holuj-Radzikowska FIDE tomonidan 1955-yilda ayol xalqaro usta (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. U usha davrdagi bu unvonni qoʻlga kiritgan kam sonli shaxmatchi ayollardan biri boʻlgan. Keyinchalik 1984-yilda u FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvoni bilan ham taqdirlandi.

Vafoti



Krystyna Holuj-Radzikowska 2006-yil 29-noyabr sanasida 73 yoshida vafot etdi. Uning xotirasiga bagʻishlangan shaxmat turniri 2011-yildan beri har yili Polshaning Vrotslav shahrida oʻtkazib kelinmoqda.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz