Kronat




Kronat (fransuzcha: Cronut, kruaassandan — donat) — kruassan xamiridan tayyorlangan, xushboʻy krem bilan toʻldirilgan va uzum urugʻlari yogʻida qovurilgan ponchikka oʻxshash pishiriq. Kronat 2013-yilda fransuz-amerikalik qandolatchi Dominik Ansel tomonidan ixtiro qilingan.

Kelib chiqishi



2013-yilda novvoyxona egasi Dominik Ansel ichida xushboʻy kremi boʻlgan, kruassanga oʻxshash ponchik (donat) (u juda yaxshi tanish boʻlgan pishiriq) yaratdi.

Kronat 2013-yil 10-mayda Nyu-Yorkning Soho hududidagi Dominik Ansel nonvoyxonasida taqdim etildi. Oʻsha kuni kechqurun New-York Magazine jurnalining restoranlari haqidagi onlayn-blog Grub Streetdan bir bloger yangi pishiriqlar haqida xabar berdi. Xabar katta qiziqish uygʻotdi va Internetda repostlar paydo boʻldi va uchinchi kuni uni sotib olmoqchi boʻlgan 100 dan ortiq odam doʻkon tashqarisida navbatga turishdi.

Novvoyxona menyusida pishiriq paydo boʻlganidan keyin toʻqqiz kun ichida, Ansel AQSh Patent va tovar belgilari idorasiga „Cronut“ savdo belgisi uchun ariza beradi va u tasdiqlangan.

Oʻxshash mahsulotlar



Kronatlar paydo boʻlgandan beri dunyo boʻylab shunga oʻxshash mahsulotlar paydo boʻldi, jumladan, Kanadaning Keloundagi Kelownut kabi boshqa nomlar bilan ham.

2015-yilda Dominik Ansel oʻzining „Dominik Ansel: maxfiy retseptlar“ kitobida uyda tayyorlab koʻrish mumkin boʻlgan kronatning qoʻlbola retseptini nashr etdi. Ansel novvoyxonalaridagi original pishiriqlar singari, jarayon ham uch kun davom etadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz