Kron kasalligi
Kron kasalligi yoki Terminal ileit - yo'g'on ichakdagi nospetsifik yarali granulematoz yallig'lanish kasalligidir.
Tarixi
1932-yil Kron, Ginzburg va Oppengeymer terminal ileit nomi bilan yangi
nozologik birlikni amaliyotga tatbiq etdilar. Ularning taʼkidlashicha, bu kasallik
ingichka ichakning boshqa turlaridan mutlaqo farq qilgan holda, yonbosh ichakni
jarohatlaydi. Lekin keyinchalik shu narsa maʼlum boʻldiki, kasallik, asosan,
yoʻgʻon ichakda va kam hollarda oshqozon-ichak tizimining boshqa sohalarida
uchraydi. 1959-yil Brooke. 1960-yil Lockhart-Mammery va Morton Kron
kasalligining yoʻgʻon ichak turi va yarali kolit butunlay alohida patologiya
ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Kron kasalligi erkaklar va ayollarda bir xil miqdorda
uchraydi. Lekin oq tanli odamlarda qora tanlilarga nisbatan 5 barobar koʻp
uchraydi. Turli millatlar ichida esa yahudiy millati orasida, bilinarli darajada koʻp
uchraydi. Kasallik epidemiologiyasini oʻrganish shu narsani koʻrsatadiki, oxirgi
uch un yillik ichida bemorlar soni tez ortib bormoqda.
Etiologiyasi va patogenezi.
Kron kasalligining etiologiyasi hozirgacha aniq
emas. Lekin yarali kolitga xos 5 etiologik sabab Kron kasalligiga ham tatbiq etilsa
boʻladi. Genetik va infeksion sabablar asosiy omillar hisoblanadi, chunki ikkalasi
ham Kron kasalligi bilan ogʻrigan bemorlarda mavjud. Har bir bemorda
limfangioektaziya va mezenterial limfangiopatiya kabi morfologik oʻzgarishlar
kuzatilishi „obstruktiv limfangitni“ asosiy sabablardan biri ekanligini koʻrsatadi.
Kron kasalligida ichakning shilliq osti qavatida shish, fibroz, limfa yoʻllarining
kengayishi hisobiga devori qalinlashgan boʻladi. Shilliq pardasida kichik-kichik
ariqsimon yaralar kuzatiladi. Uning koʻrinishi „tosh koʻcha“ni eslatadi. Shunday
yaralardan tashqari, sohalarda shilliq pardaning tuzilishi deyarli oʻzgarmagan holda
boʻladi. Koʻp hollarda, ichakning tutqich yuzasida, shilliq pardada uzunasiga
ketgan chuqur yarali ariqchalar paydo boʻladi. Baʼzida bu yaralar ichakning barcha
qavatlarini qamrab teshiklar, chandiqlar va surunkali abssesslar hosil qiladi. Koʻp
yadroli ulkan epitelial hujayralardan iborat granulomalar 60 % bemorlarda uchraydi. Bunday granulomalar shilliq osti qavatida, baʼzida seroz osti, muskul
qavati va regional limfa bezlarda topiladi. Kron kasalligi boʻyicha operatsiya
davrida ichak devorining qalinlashganligi, seroz osti tomirlarning kengayganligi,
qattiqlashganligi va torayganligini hisobga olgan holda, yalligʻlanishning
uzunligini oson aniqlab ola oladi. Lekin, bazida yalligʻlanish segmentar
xususiyatga ega boʻladi.
Makroskopik ko'rinishi
Ichak devorlarining fibroz o'smasi ko'rinishida qalinlashuvi, yon atrofidagi aʼzolar bilan (ingichka ichak, meda, ut kopi,siydik naylari, siydik qopi va boshqa aʼzolarga yondashganligi sababli bo'ladigan oqmalar, kasallikning oshkozon va ichak tizimida keng tarqalganligidan dalolat beradi. Yo'g'on ichakdagi infiltratsion o'zgarish – segmentar, ko'p segmentar, ichaklarning bir necha joyida, tarkqoq (total), yonbosh ichakdagi (ileokolit) va me'da ichak tizimining boshqa qismlarida uchraydi. Ichak devorlaridagi, ko'ndalang ko'plamchi chukur joylashgan yaralarning yorilishi natijasida, ular oralarida qalinlashgan, notekis joylashgan, shillik qavatidagi burmalarda shish shaklida namoyon bo'ladi.
Klinikasi
Kron kasalligi, koʻpincha katta yoshdagi odamlarda uchraydi. Lekin oxirgi yillarda, bolalarda ham tez-tez uchramoqda. Koʻpgina
mualliflarning eʼtiroficha, 20 % bemorlarda kasallik belgilari 15 yoshgacha
boʻlgan davrda paydo boʻlgan. Baʼzi adabiyotlarda kichik yoshdagi bolalarda ham
uchrab turishi qayd qilinadi. Kasallikning belgilari quyidagilardan iborat: ogʻirlik
massasini yoʻqotish (90 % hollarda), qorin ogʻrigʻi (70 %), diareya (67 %), tana
haroratining koʻtarilishi (25 %). Baʼzida kasallikning dastlabki belgilari
boʻgʻimlarda ogʻriq (artrit) bilan boshlanadi. Kron kasalligida toʻgʻri ichakdan
axlat aralash qon kelish, yarali kolitga nisbatan kam uchraydi. Lekin faqat yoʻgʻon
ichak lokalizatsiyasida „qonli diareya“ Kron kasalligiga xos belgi hisoblanadi.
Deyarli 2/3 qism kasallarda diagnoz bir yildan keyin aniqlanadi. Kasallarning 1/3
qismida birlamchi diagnoz oshqozon-ichak tizimiga bogʻliq boʻlmagan tashxislar
bilan davolanadi.
Yarali kolitda kasallik kechishi qaytalanuvchi, zoʻrayish davri vaqtincha
zaiflashish bilan almashib turuvchi xususiyatga ega boʻlsa, Kron kasalligida
doimiy boʻladi. Kasallikning bolalarga xos shakli „ileokolit“ hisoblanadi (55 %).
Yoʻgʻon ichak (34 %) va ingichka ichak (10 %) shakllari kamroq uchraydi. Ogʻiz
boʻshligʻi shilliq pardasi biopsiya qilinganda, Kron kasalligiga xos granulomalar
aniqlanadi. Baʼzida, kasallikning ogʻir shakllarida barmoqlarning
„tugʻnogʻichsimon“ yoʻgʻonlashishi rivojlanadi.
Kron kasalligiga chalingan bolalar jismoniy rivojlanishdan orqada qoladi,
ogʻirligi kam boʻladi. Kasallikning ileosekal shaklida eng koʻp uchraydigan
belgilardan biri, qorinning oʻng pastki toʻrtdan birida ogʻriq paydo boʻlishidir.
Kolorektal shaklida perianal yaralar, yoriqlar paydo boʻladi. Ular, koʻpincha
ogʻriqli va oqmalar, granulomatoz toʻqimadan iborat gʻadir-budir yuzalar hosil 152
qilib, oraliq sohasiga tarqalishi mumkin. Baʼzida yaralarning jadal rivojlanishi
natijasida, perianal soha muskullari ham jarohatlanishi mumkin. Ingichka ichak,
sigmasimon va toʻgʻri ichakdan yuqorida joylashgan yoʻgʻon ichak
jarohatlanganda, sigmoidoskopiyada shilliq parda oʻzgarishsiz boʻladi. Kron
kasalligining rektal shaklida shilliq pardada chiziqsimon yaralar aniqlanadi.
Kasallik darajasi
Rektoromanoskopiyaga ko'ra kasallikning 4 bosqichi tafovut qilinadi;
Shuningderk kasallikning kechishi va unda kuzatiladigan jarayonlarga qarab kasallik formalari mavjud:
.
Diagnostikasi
Anamnezida; bolada ich ketish, xolsizlik, ishtaxasizlik. Bemorni ko'ruvda; kamqonlik (anemiya), tez toliqish, terisida quruqlik.
Instrumental tekshiruvda;
Laboratoriya tekshiruvlarida anemiya, EChT oshganligi, gipoalbuminemiya, LgA
koʻrsatkichining oshganligi, qon quyilishi vaqtining choʻzilishi kabi koʻrsatkichlar
kuzatiladi. Rentgenologik tekshiruvda oshqozon-ichak tizimining barcha
sohalarida - qiziloʻngachdan tortib toʻgʻri ichakgacha Kron kasalligiga xos
oʻzgarishlar aniqlanadi, lekin eng koʻp uchraydigan sohalari yonbosh va yoʻgʻon
ichak hisoblanadi. Shuningdek, ichak oqmalari, qorin boʻshligʻi abssesslari,
oʻsmasimon hosilalar va terining jarohatlanishi kuzatiladi.
Asoratlari
Kron kasalligiga ichki oqmalar va yoʻllar hosil boʻlishi xosdir. Bunday
asoratlar qorin ogʻrigʻi, qorin devorining taranglashuvi va qorinda oʻsmasimon
hosila paypaslanishi kabi klinik belgilar bilan oʻtadi. Oqma, koʻpincha, yonbosh
ichakning soʻnggi qismi bilan koʻtariluvchi chambar yoki sigmasimon ichaklar
orasida vujudga keladi. Oʻtkir appenditsit diagnozi bilan appendektomiya
operatsiyasi oʻtkazilgandan soʻng, tashqariga ochilgan oqma hosil boʻlsa, bemorda
Kron kasalligi boʻlishi mumkinligi ehtimoli mavjud. Bunda finajasogrammada
oqma chuvalchangsimon oʻsimtaning asosiga emas, balki yonbosh ichakning
soʻnggi qismiga ochilganligi koʻrinadi. Baʼzida oqma ichak bilan siydik qopi yoki
uretraga ochilishi mumkin. Bunda siydik yoʻllarining infeksiyasi, siydik bilan havo
yoki ichak massasi ajralganda, Kron kasalligining asorati ekanligini tasdiqlaydi.
Kron kasalligida yoʻgʻon ichakning dilatatsiyasi (megakolon) va
perforatsiyasi kamdan kam hollarda uchraydi. Biroq ichakning distal qismlarining
obstruksiyasi ichak perforatsiyasi bilan tugashi mumkin. Kasallikda steroid
terapiya perforatsiyaga sabab boʻla olmaydi. Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, Kron
kasalligi kolorektal sohaning karstinomasiga sabab boʻlishi mumkin. Statistik
maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, Kron kasalligining bunday asorati aholi orasida
uchraydigan koʻrsatkichga nisbatan 20 barobar koʻp.
Davolash
Bemor bolalar uzoq davr mobaynida konservativ davo oladilar. Davoning asosiy komponentlaridan biri
oqsilga boy, yuqori kalloriyali parhezdir. Dagʻal, qattiq oziq-ovqatlar tavsiya
etilmaydi. Steotoriya dardi bor bemorlarga yogʻli ovqat kam miqdorda isteʼmol
qilish va qoʻshimcha trigliseridlar tavsiya etiladi.
Sulfosalazin (azulfidin) qoʻllash, yarali kolitlarda (YaK) samarali natija
bergan holda, Kron kasalligida taʼsiri kam. Shunga qaramasdan, uni qoʻllash
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Steroid gormonlar qoʻllash quyidagi hollarda
tavsiya etiladi: (1) xirurgik davoga koʻrsatma boʻlmagan holda, konservativ davo
yordam bermasa: (2) bemorda toksikoz belgilari bilan umumy ahvolining ogʻir
boʻlishida: (3) bemorda asosiy kasallikdan tashqari ichakdan tashqari koʻrinishlar
(artralgiya, teri kasalliklari) mavjud hollarda: (4) ogʻir bemorlarda keng tarqalgan,
operatsiya qilish mumkin boʻlmagan enteritda. Ambulator davo yordam bermasa,
bemor ahvolining ogʻirlashishi yoki ovqatlanishning buzilishi kuchaygan hollarda,
kasalxonaga yotqizilishi shart. Enteral oziqlantirishning toʻxtatib, parenteral
oziqlantirishga oʻtish, elektrolit, vitamin, mikroelementlar tanqisligini bartaraf
etish, koʻpincha, bemor ahvolining yaxshilanishiga olib keladi.
Operativ davosi
Kron kasalligida operativ davo kam hollarda, bemorning
butunlay sogʻayib ketishiga olib keladi. Bunga sabab, kasallikning tez-tez
qaytalanishi bilan bogʻliq. Baʼzida operatsiya bemor ahvolining sezilarli darajada
klinik yaxshilanishiga olib keladi. Bu esa dori-darmonlar dozalarini qisqartirishga,
yoki umuman toʻxtatishga sabab boʻlishi mumkin. Operativ davoga kasallikning
zoʻrayishishi dalil hisoblanadi. Jumladan, bola boʻyining oʻsmasligi, konservativ
davoning taʼsir qilmasligi, ichak tutilishi, ichak oqmalari (ichki va tashki),
pararektal abssess va oqmalar, qon ketish, qorin ogʻrigʻi va qorin boʻshligʻi
abssessi kabilardir. Operatsiyadan oldin va keyin butunlay enteral oziqlantirishni
toʻxtatib, umumiy parenteral oziqlanishga oʻtish, operatsiyadan keyin
kuzatiladigan asoratlarni kamaytirishga, bemor ahvolining tiklanishiga va
koʻpincha, faol hayot tarziga qaytishiga sabab boʻladi.
Kron kasalligining ileostekal shakli, koʻpincha ichak tutilishiga olib keladi va
operatsiya oʻtkazishga sabab boʻladi. Bu barcha ichak tutilishlarning 90 %ni
tashkil qiladi. Aksincha, kolorektal shaklida deyarli ichak tutilishi kuzatilmaydi.
Lekin bu shaklda ichakdan qon ketish koʻp uchraydi. Bunda oʻsishdan qolish,
ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanishining orqada qolishi ikkala jinsga xosdir.
Operatsiya mobaynida zararlangan (yalligʻlangan) ichakni rezeksiya qilish va
anastomoz qoʻyish optimal uslub (usul) hisoblanadi. Rezeksiyani „sogʻlom“
toʻqima boʻylab oʻtkazish zarur degan tushunchalar, hozirgi paytda zarur emasligi
tasdiqlandi. Shu sababli, rezeksiyani faqat yalligʻlangan ichak chegarasida
oʻtkaziladi. Yalligʻlangan sohada oʻtkazishga toʻgʻri kelsa ham, anastomozning
bitishiga taʼsir koʻrsatmaydi. Bu esa operatsiyadan keyin kuzatilishi mumkin
boʻlgan „kalta ichak sindromi“ni yuzaga kelmasligini taʼminlaydi. Yalligʻlanish
ichakning boshqa sohalarida ham ayrim-ayrim joylashishi kuzatilsa (agar ularda
obstruksiya yoki boshqa asoratlar boʻlmasa), ular oʻz holida qoldiriladi. Ileostoma
yoki „chetlab oʻtish“ anastomozi ichak rezeksiyasiga nisbatan koʻp asoratlar bilan
oʻtadi hamda kam hollarda kasal ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Operatsiya
paytida, ichki oqmalar aniqlansa, ular rezeksiya qilingan ichak bilan birga olib
tashlanadi. Agar oqma rezeksiya qilinuvchi yalligʻlangan ichakdan uzoqda
joylashgan boʻlsa, ichakning bu sohasi ham oqma bilan birga, alohida qoʻshimcha
rezeksiya qilinib anastomoz qoʻyiladi.
Kron kasalligida qorin ogʻrigʻi tufayli operatsiya paytida, ileostekal sohada
kuchli yalligʻlanish aniqlanmasa, appendektomiya operatsiyasi bilan
chegaralanadi. Shuni taʼkidlash kerakki, Kron kasalligi tufayli appendektomiyadan
keyin yuzaga keladigan oqmalar, mazkur kasallik aniqlanmagan bemorlarga
nisbatan 6 marta koʻp uchraydi. Kron kasalligida bu kasallik boʻlmagan bolalarga
nisbatan appenditsit kam uchraydi. Agarda yalligʻlanish 12 barmoqli ichakda
joylashgan boʻlib, yuqori ichak tutilishi aniqlansa, gastroeyunoanastomoz
operatsiyasi bajariladi. Bunda, och ichakda yaralar hosil boʻlishining oldini olish
maqsadida vagotomiya ham bajariladi. Lekin shunga qaramasdan, kasallikning qaytalanishi uchrab turadi. Adabiyotlarda koʻrsatilishicha, operatsiyadan keyin 3 yil ichida qaytalanish 50 %ni tashkil qiladi, vaqt oʻtishi bilan esa qaytalanish
90 %ga yotadi. Bu koʻrsatkichlar shuni koʻrsatadiki, operativ davolab, bu
kasallikni butunlay yoʻq qilishning iloji yoʻq. Lekin operatsiya ichak tutilishi,
anoreksiya, doimiy qorin ogʻrigʻi singari hollarda, bemorlarni sogʻlom turmush
tarziga qaytishiga yordam beradi. Koʻp hollarda, rezeksiya oʻtkazilib, anastomoz
qoʻyilgan hollarda, kasallik (anastomozning proksimal yoki distal qismlarida)
qaytalanadi. Bunda konservativ (medikamentoz) davolash 70 % hollarda yaxshi
natija beradi. Ileostoma qoʻyilgandan keyin qaytalanish, koʻpincha, uning
proksimal qismida vujudga keladi. Birlamchi rezeksiya oʻtkazilgan bemorlarda
qaytalanish tufayli qayta operatsiya oʻtkazish taxminan 30 % hollarda kerak
boʻladi. Bemor ahvolining qayta operatsiyadan keyin yaxshilanishi 50 % hollarda
kuzatiladi. Operatsiyadan keyin perianal oqmalar paydo boʻlgan bemorlarda,
yaraning bitishi juda qiyin boʻladi yoki umuman bitmaydi. Bu hollarda oqmani
kesib tashlab toʻgʻri drenajlash yaxshi natija beradi.
Bolalarda Kron kasalligi tufayli operatsiyadan keyin qaytalanishi (restidivi)
yuqori boʻlishiga qaramasdan, bemor bolalarning ahvoli ancha yaxshilanadi.
Ishtahasi ochiladi, tana ogʻirligi oshadi, koʻp vaqt mobaynida qorindagi ogʻriq
boʻlmaydi. Shunga qaramasdan, koʻp hollarda, qayta-qayta operatsiyalar
(rezeksiya) oʻtkazishga toʻgʻri keladi. Bunda bolalarning ahvoli qayta
yaxshilanadi. Afsuski, Kron kasalligini davolashda bir operatsiya bilan
muvaffaqiyatga erishish kam hollarda uchraydi.
Manbalar
Adabiyotlar
M. M. Aliyev Bolalar xirurgiyasi, I-tom 2018-yil
uz.wikipedia.org