Kromvel oqimi
Kromvel oqimi - Tinch okean ning sharqiy qismidagi yuza oqim ostidagi ekvatorial ters oqim. Sharqqa tomon Janubiy Passat oqimi ostidan 154— 150° gʻ.u.dan Galapagos orollari tomon taxminan 2° shahrik. va 2° j.k. oraligʻida harakatlanadi. Kromvel oqimi 6500 km dan ortiq masofaga choʻzilgan, kengligi 300 km chamasida, 100 va 400 m chuqurlik oraligʻida joylashgan boʻlib, shim. va jan. chekkalarida va sharqda yuqoriga koʻtarilib boradi va qalinligi ham kamayadi. Tezligi 70—150 sm/sek. Suv sarfi 30 mln. m³/sek.dan ortiq. Kromvel oqimi Tinch okeanning ekvator kengliklaridagi suv oqimi sirkulyasiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. AQSH ekspeditsiyasiga qarashli "X.M.Smit" kemasida okeanolog T.Kromvel tomonidan ochilgan va uning nomi bilan atalgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org