Kromvel Oliver




KROMVEL (Cromwell) Oliver (1599—1658) — 17-asrdagi ingliz inqilobi arbobi, independentlar rahbari. 1640-yil Muddatsiz parlament (Qonun chiqaruvchi organ)ga saylangan. 1 — (1642—1646) va 2—(1648) fuqarolar urushida qirol armiyasi ustidan gʻalaba qozongan parlament armiyasining asosiy rahbarlaridan biri. K. armiyaga tayanib presviterianlarni parlamentdan haydagan (1648); qirolni qatl etish va respublika eʼlon qilinishiga koʻmaqlashgan (1649) natijada hokimiyat K. tarafdorlari qoʻlida toʻplangan. 1640-yildan lord-general (barcha harbiy kuchlar bosh qoʻmondoni). Irlandiya va Shotlandiyada ozodlik harakatlarini, levellerlar va diggerdar harakatini bostirgan, K. 1653-yil parlamentni tarqatib, yakka shaxs harbiy diktatura rejimi — protektorat oʻrnatgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz