KRKONOSHE



KRKONOSHE, ulkan tog’lar -Polsha va Chexiyadagi tog’lar. Shimolda, asosan, granit va gneyslardan, Janubda slaneslardan tuzilgan. Eng baland joyi 1602 metr (Snejka tog’i). Moreva ko’llari, tosh uyumlari bor. Foydali qazilmalardan temir va mis rudalari, toshko’mir uchraydi. Igna bargli o’rmonlar, Alp o’tloqlari bilan qoplangan. Milliy Park tashkil etilgan. Turizm rivojlangan. Tog’chang’i sporti markazi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz