Krizis (tibbiyot)




Krizis (tibbiyotda) — isitmali oʻtkir kasallikning kechishida keskin oʻzgarish (odatda, sogʻayish tomonga) roʻy berishi. K. yuqumli kasalliklar: bezgak, qaytalama terdama, chechak va boshqalarga xos boʻlib, bunda isitmalab yotgan bemorning temperaturasi birdan normallashib, gʻaraq-gʻaraq terlash, darmonsizlanish, uykuchanlik va h.k. koʻrinishida namoyon boʻladi. Soxta K. (psevdokrizis) ham koʻzatilib, bunda temperatura qisqa vaqt pasayadi va bemorning ahvoli yax-shilanib turadi. Organizmdagi yiring oʻchogʻi yoʻqotilgandan yoki mikroblarga qarshi kuchli dorilar berilgandan keyin ham temperatura K. yoʻli bilan pasayishi mumkin.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz