Kriz




Kriz (frans. crise — xuruj) — bemor ahvolining toʻsatdan ogʻirlashib qolishi; mavjud kasallik zaminida vujudga keladi. K., asosan, bosh miya qon to-mirlari faoliyatidagi jiddiy oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadi. Miya, yurak, buyrak va boshqa hayotiy muhim aʼzolarda toʻsatdan roʻy bergan tomirlar spazmi natijasida vaqtinchalik qon aylanishi boʻzilib, shu aʼzolar faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar kuzatiladi. Qattiq charchash, hayajonlanish, mehnat va dam olish sharoitlarining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi, ob-havoning oʻzgarishi, bemorga toʻgʻri kelmaydigan ovqatlar yeyish, ichkilik ichish, chekish va boshqa noxushliklar K.ga sabab boʻlishi mumkin. K. vaqtida bemor bezovtalanadi, bosh ogʻrigʻi zoʻrayadi, qoʻl-oyoq titraydi va uvoʻshadi, koʻz xiralashib, quloq shangʻillaydi va h.k. Gipertonik, gipotonik, triotoksik K., shuningdek, bosh miya qon tomiri krizi, vegetativ tomir krizi va boshqa xil K.lar farq qilinadi. K.ning oldini olish uchun asosiy kasallikni davolash kerak.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz