Kritsa




Kritsa — tarkibida oz miqdorda oltingugurt, f’osor, kremniy boʻlgan kam uglerodli gʻalvirak temir; payvandlash materiali olishda ishlatiladi. Gʻovaqlarini shlak toʻldirib turadi. Kadimda temirchilik oʻchogʻida choʻyandan ortiqcha uglerod va boshqa aralashmalarni oksidlab olingan. Ularni bolgʻalab payvandlash temiriga aylantirilgan; uning plastikligi, payvandlanuvchanligi, zanglashga qarshiligi yuqori. Bulardan tashqari, K. bevosita rudadan 1250— 1350° da qaytarib (ortiqcha uglerod, kremniy, marganetsni yoʻqotib) olinadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz