Kritika Kamra
Kritika Kamra (1988-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) — hind kino va televideniye aktrisasi.
Kritika Kamra Kitani Mohabbat Xay dasturida Arohi, Kuch Toh Log Kahengeda Doktor Nidhi, Reporters filmida Ananya va Prem Ya Paheli-Chandrakanta filmida Chandrakanta rollarini ijro etishi bilan tanilgan. 2014-yilda u Jhalak Dikhhla Jaa raqs realiti-shousida ishtirok etgan.
Kritika Kamra 2018-yilda Mitron bilan birga rol ijro etib, Bollywood kino sanoatida debyut qilgan.
Yoshlik davri
Kritika Kamra Uttar-Pradesh shtatining Bareilli shahrida tugʻilgan va oʻz ona shahri Ashoknagarda (Madxya- Pradesh) oʻsgan. U boshlangʻich taʼlimni Suxpur shahridagi Anand boshlangʻich maktabida oʻqigan, u yerda otasi stomatolog, onasi esa Ashoknagardagi Shri Anandpur Trust xayriya kasalxonasida taom mutaxassisi va taʼlim boʻyicha mutaxassis edi. U, shuningdek, qisqa vaqt Ashoknagar, M.P. Tara Sadan Sr. maktabida oʻqigan va u oʻrta maktabini Uttar-Pradesh shtatidagi Kanpur shahridagi Sent-Jozef oʻrta maktabida tamomlagan va keyin oʻrta va oliy oʻrta taʼlimni Dehli davlat maktabida, Yangi Dehlida davom ettirgan. Kritika Kamra yoshligidan har xil sport turlariga qatnashgan jumladan; basketbol, suzish va boks. Kritika Kamra maktab va kollejdagi musobaqalarda faol qatnashgan va yahshi natijalarga erishgan. U sportdan tashqari hayvonlarni ham sevadi va hayvonlarni asrab-avaylash faoli hisoblanadi. Keyin Kritika Kamra Milliy Moda Texnologiyalari Institutida modelikka oʻqishini davom ettirdi, lekin Yahan Ke Xum Sikandar filmi uchun rol oʻynaganligi sababli, birinchi kursdan keyin oʻqishni tark etgan.
Filmografiyasi
Filmlar
Onlayn-seriyalar
Manbalar
uz.wikipedia.org