Kristoffer Ajer
Kristoffer Vassbakk Ajer (1998-yil 17-aprelda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi. Premer-liganing „Brentford“ klubi va Norvegiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Ajer ilgari „Tippeligaen“ va Shotlandiya Premer ligasining „Celtic“ jamoalarida oʻynagan. Ajer faoliyatini yarim himoyachi sifatida boshlagan va „Celtic“ jamoasiga oʻtganidan soʻng, faoliyatini himoyachi sifatida davom ettirgan.
Yoshlik davlari
Kristoffer Vassbakk Ajer 1998-yil 17-aprelda Norvegiya Viken okrugining Rælingen shahrida tug‘ilgan. Yoshligida u yengil atletika, gandbol va xokkey kabi sportning bir nechta turlari bilan shugʻullangan.
Yosh futbolchi sifatida u futbolchilik faoliyatini Rælingen FKda boshlagan va oʻn bir yoshida „Lillestrøm SK“ jamoasiga oʻtgan. 2014-yilda uning oilasi Norvegiyaning janubiy qirgʻogʻidagi Kristiansand shahriga koʻchib oʻtishganidan soʻng, Ajer IK Start jamoasiga qabul qilinadi va bu jamoada professional futbolchilik faoliyatini boshlaydi.
Ajer dastlab Oslo universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirishni va bir vaqtning oʻzida professional futbol oʻynashni rejalashtirgan edi. Ammo keyinchalik u bu rejalaridan voz kechadi va professional futbolni tanlaydi.
Klublardagi faoliyati
Faoliyatining boshlanishi
Kristoffer Ajer 2014-yilning 19-iyulida „Bodø/Glimt“ga qarshi o‘yinda (2:1) „Start“ jamoasidagi birinchi oʻyinini o‘tkazadi.
U 2015-yil 7-aprelida (16 yoshida) Lillestrømga qarshi o‘yinda „Start“ jamoasi sardori bo‘lib maydonda harakat qiladi va Tippeligaenda jamoa sardori bo‘lgan eng yosh futbolchiga aylanadi.
Celtic
2016-yil yanvar oyi boshida Ajer Shotlandiyaning „Celtic“ klubi bilan bir haftalik sinov oʻtkazadi va 2016-yilning 17-fevralida jamoa bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. 2016-yilning iyun oyida 650 000 funt sterlinggacha ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan to‘lov evaziga klubga kelib qo‘shiladi. U 2017-yilning yanvarida Kilmarnock jamoasiga ijaraga berildi. 2018-yilning 14-may kuni Ajer „Celtic“ bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzolaydi. 30-avgust kuni Ajer FK Sūduvaga qarshi oʻyinda (3:0) „Celtic“ jamoasi safidagi birinchi golini kiritadi.
Ajer barcha musobaqalardagi 100-uchrashuvini 2019-yil 24-oktyabrda „Latsio“ga qarshi Yevropa ligasi o‘yinida o‘tkazadi.
2021-yil 21-iyulda Ajer nomaʼlum toʻlov evaziga besh yillik shartnoma asosida Premer-liganing „Brentford“ jamoasiga oʻtadi.
Xalqaro faoliyati
2018-yilning 13-martida u 23 va 26-mart kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Avstraliya va Albaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Norvegiya terma jamoasi tomonidan ilk chaqiruvini oladi. Kristoffer Ajer 23-mart kuni Avstraliya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida Norvegiya terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini oʻtkazadi.
Faoliyatining statistikasi
Xalqaro
Yutuqlari
Celtic Individual Manbalar
uz.wikipedia.org