Kristofer Hæstad




Kristofer Krüger Hæstad (talaffuzi: Kristofer Xestad; 1983-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Hæstad Randesund va Vigørning yoshlar jamoalarida oʻynagan. 

Professional



2001-yilda Start bilan shartnoma imzolagan va 2002-yilda Norvegiya Premyer-ligasida debyut qilgan. Oʻshan mavsumda „Start“ yoshlar jamoasi bor-yoʻgʻi 11 ochko toʻplagan va quyi ligaga tushib ketgan. 

Birinchi diviziondagi ikki mavsumdan soʻng, „Start“ yana 2004-yilda yuqori ligaga koʻtarildi. Hæstad ajoyib formada davom etdi va 2005-yil aprel oyida NRK tomonidan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

2006-yil iyul oyida Hæstad Norvegiyaning boshqa toʻrtta professional futbolchilari — Morten Gamst Pedersen, Freddy dos Santos, Raymond Kvisvik va Øyvind Svenning bilan birgalikda This Is For Real musiqiy singlini chiqardi. Oʻz guruhini The Players deb atashadi. 

2006-yil 29-dekabrda Premyer-liganing Wigan Athletic klubi Hæstadni olti oylik ijaraga olgani eʼlon qilindi. Hæstad Premyer-ligadagi debyutini 2007-yilning 13-yanvarida Chelseaga qarshi o‘tkazdi. 2007-yilning 1-aprelida o‘zaro kelishuvga ko‘ra Wigan Athleticdagi ijara shartnomasi bekor qilindi.

Hæstad Norvegiyaga qaytganidan soʻng „Start“ safida Aalesundsga gol urdi (4:2)

Vålerenga




2008-yilning 2-yanvarida Hæstad Vålerenga bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2008-yil 29-martda Hæstad „Vålerenga“ safida „Aalesund“ga qarshi mavsumdagi ilk o‘yinda debyut qildi. Jarohatlar va golsiz oʻyinlardan keyin jamoadan ketishi haqida mish-mishlar koʻpaydi. Biroq, „Vålerenga“da qoldi va ikkinchi mavsumni ajoyib oʻtkazdi. 

Hæstad 2014-yilning 1-iyulida professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. 

Xalqaro faoliyati



2005-yil 24-may, Hæstad Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda milliy terma jamoa safida debyut qildi. 

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro gollar




Yutuqlari



Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz